Sotuv, qoldiq, qarzlar, filiallar va dilerlar — hammasi bir joyda. Omboringizdagi mahsulotlar esa autoparts.uz da yaqin atrofdagi xaridorlarga o'zi ko'rinadi.
Ro'yxatdan o'tish shart emas: demo do'kon tayyor mahsulotlar, sotuvlar va qarzlar bilan ochiladi.
Excel yoki CSV faylni yuklang yoki shtrix-kodni skanerlang. Nom, brend va kategoriya katalogdan o'zi to'ladi.
Skaner, naqd va karta birga, qarzga savdo, xodimlar chegirmasiga limit. Chek bir bosishda.
Omborda bor mahsulot autoparts.uz da chiqadi: narx, masofa, telefon va xaritada yo'l.
Bo'limni bosing va qanday ishlashini ko'ring
Skaner, qidiruv, bir nechta to'lov, qarzga savdo. Kassir chegirmasi limitdan oshmaydi.
Demo do'kondan yozib olingan: kassa, ombor va hisobotlar.
Xaridor kerakli qism va miqdorni yozadi. Faqat omborida shu miqdor bor do'konlar masofa bo'yicha chiqadi. Qoldiq kassadan to'g'ri keladi — eskirgan e'lonlar bo'lmaydi.
autoparts.uz✓ 3 ta do'konda bor
14 kun hamma imkoniyat bepul. Keyin tarifni tanlang: Click, Payme yoki bank orqali.
Yo'q. «Demoni ochish» tugmasini bosing — mahsulotlar, sotuvlar va qarzlari bor tayyor do'kon ochiladi. U 24 soatdan keyin o'chiriladi.
Har bir biznes ma'lumoti alohida, boshqa do'kon uni ko'rmaydi. Obuna tugasa ham ma'lumotlar o'chmaydi — faqat o'zgartirish to'xtaydi.
Excel faylni CSV qilib saqlang va yuklang. Tizim avval tekshiradi, xatolarni qator raqami bilan ko'rsatadi, keyin yuklaydi.
Ha. Har filialning ombori, xodimlari va hisobotlari alohida, egasi hammasini bitta ekranda ko'radi.
Tizim brauzerda ishlaydi va telefon internetida ham ishlaydi. Oflayn rejim keyingi bosqichda.
Demoni oching va kassada bitta sotuv qilib ko'ring — farqni darhol sezasiz.
Demoni ochish — 1 bosishda